

35 yoshli futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
"Men "Rosario Sentral" haqidagi so'nggi mish-mishlardan xabardorman, bu menga yoqmadi. Ular hozir odamlarga yolg'on umid berishmoqda. Qaytish vaqti [Argentinaga] qachon kelishini o'zim hal qilaman.
Men keyingi Amerika Kubogida o'ynashni xohlayman, shuning uchun terma jamoaga chaqirilish uchun Yevropada qolishim muhim, aks holda, Lionel Skaloni meni hisobga olmaydi", – dedi Di Mariya.



