Di Mariya Argentina terma jamoasidagi faoliyatini 2024 yilda yakunlaydi

Sherzod Nurmatov
18 okt 2023, 17:04
Anxel Di Mariya yozda Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

"Amerika Kubogi – va undan keyin hammasi. Bu terma jamoa uchun qilgan oxirgi ishim bo'ladi.

"Benfika" menga terma jamoada o'ynashni davom ettirish imkoniyatini berdi va men buni juda xohlardim. Men u yerda bo'lish uchun hamma narsani qilaman", – dedi 35 yoshli vinger.

Di Mariya Argentina terma jamoasi safida 2008 yildan buyon o'ynab kelmoqda va terma uchun 134 ta o'yinda maydonga tushgan. 

2024 yilgi Amerika Kubogi 20 iyundan 14 iyulga qadar AQSHda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports