Desham Kantonani sudga beradi. Nega?

Aslanov Jasurbek
30 noya 2017, 14:56
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Erik Kantonani sudga bermoqchi.

Kantona oldinroq, Fransiya terma jamoasida ko'pchilik "Real" hujumchisi Karim Benzemani ko'rishni istayotgani, ammo Desham futbolchiga e'tibor qaratmayotgani haqida aytgan. Bundan tashqari, Erik Kantonaning fikricha, Desham PSJ yarim himoyachisi Xatem Ben Arfani irqiy jihatlar bo'yicha terma jamoaga chaqirmayapti.

"Irqchi bo'lmasak, ammo bizni shunday deb chaqirishsa, adolat bo'lishini istaymiz" - deydi Deshamning advokati Karlos Alberto Brusa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC