Desham Fransiya termasi mag'lubiyatiga izoh berdi

9 iyun 2019, 07:41
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi EVRO-2020 saralash bosiqich doirasida Turki termasiga uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

Kecha Kone shahrida “Konya Buyuksheher” stadionida o'tkazilgan Turkiya-Fransiya uchrashvida mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Qachonki butun jamoa shu tariqa o'yin ko'rsatarkan, sen bu o'yindan o'zing uchun kerakli hech narsa ololmaysan. Biz o'zimiz amalga oshirishimiz mumkin bo'lgan ishni bajara olmadik, raqib esa maydonda to'liq ustunlik qildi. Sen jahon chempionimisan yoki yo'qmi, natijaga erishish uchun yuksak saviyada o'yin namoyish etishing lozim.

Turkiya termasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Biz o'zi o'yinimizni topishimiz kerak”, deya Deshamning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TF1.

Turkiya terma jamoasi N guruhida 9 ochko jamg'arib, birinchi pog'onaga ko'tarildi. Francuzlar 6 ochko bilan ikkinchi, xuddi shuncha ochko jamg'argan Islandiya termasi uchinchi pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: TF1