Derbidan oldin "Yunayted"da katta yo'qotish bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 03:05
"Manchester Yunayted" sardori Garri Maguayr derbini o'tkazib yuborishi mumkin.

Mankunianlik o'yin vaqtida to'pni olib qo'yish chog'ida Adama Traore bilan to'qnashib ketdi. O'shanda Fil Jons maydon tashqarisida chigalyozdi mashqlarni bajarishni boshlagandi ham. Biroq o'zgarish amalga oshirilmadi.

"O'yin vaqtida u barchasi yaxshi ekanligini aytdi. Uchrashuv tugaganidan keyin esa u kiyinish xonasida biroz og'riq borligini aytdi. Hozircha nima deyishni bilmayman. Tekshirib ko'rib, javobini aytamiz. Oldimizda 3 kungina vaqt bor. Agarda uning axvoli biroz bo'lsa-da, yomonligi aniqlansa, uni maydonga tushirmayman", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com