Derbi “Istiqlol”da bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2016, 14:53
Xabaringiz bor, Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Oliy liga 11-tur doirasida “Qo'qon-1912” jamoasini o'z maydonida qabul qiladi.

Shu bois navbatdagi “viloyat derbisi” Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. Bahs 10 iyun, soat 19:00da start oladi.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” jamoasi so'nggi uy uchrashuvini viloyatimizda Unversiada-2016 sport turniri bo'lib o'tayotgani sababli Qirgulida o'tkazgan edi. Ma'lum tanaffusdan so'ng, Farg'ona bosh jamoasi yana o'z uy uchrashuvlarini “Istiqlol” stadionida qabul qilishda davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz