Denis Korostichenko: "Bunday mag'lubiyat shaxsan men uchun og'ir zarba hisoblanadi"

Оқил Абдубарноев
11 may 2022, 22:22
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon 1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko ishtirok etdi.

"Bunday mag'lubiyatni qabul qilish oson emas. Shaxsan men uchun og'ir zarba. Ochig'i mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. So'nggi daqiqalarda esa koncentraciyani yo'qotdik. Raqib esa foydalanib ketdi. Ularni g'alaba bilan tabrielayman",- deydi Denis Korostichenko

- Statistika ham aytib turibdi, raqib darvozasiga 11ta zarba yo'llandi. To'p nazorati ham  "Lokomotiv"da edi. Lekin shunday o'yinlarda gol uradigan hujumchi yetishmayapti. Yozgi transfer oynasida sifatli forvard jalb qilish zarur. Aks holda yana shunday holat bo'laveradi...

- Fikringizga qo'shilaman. Hozirda tarkibimizda hujumchi kam. Zaxiramiz tor. Ali Abduraxmonovni tushiryapmiz. U bilan  "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin gaplashib olgandik. Chunki mas'uliyatni bo'yniga olib tushmoqda. Ruhiy jihatdan bunday bahslarga sekin-asta tayyorlab borish kerak, deb o'ylayman. Balki yozda yaxshi hujumchi qidirarmiz. Ishlashda davom etamiz. Bizni qo'llab - quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia