

"O'zingizga ma'lum, Denis Ivankov 2013-2018 yillar oralig'ida jamaozmizda faoliyat olib borgan va va shu vaqt ichida ko'pgina darvozabonlarning yetishib chiqishiga o'z hissasini qo'shgan edi. Hozirgi kunda jamoamiz darvozabonlari Umidjon Ergashev hamda Abduvohid Ne'matovning porlab chiqishida ham Ivankovning mehnatlari katta bo'lgan.
Shu kungacha bosh jamoada davozabonlarimizni shug'ullantirib kelgan Asliddin Hasanov “Nasaf” U-21 jamoasida yosh darvozabonlar bilan ishlashda davom etsa, Denis Monin esa futbol maktabida o'z faoliyatini davom ettiradi", - deb yoziladi klub matbuot xizmati xabarida.





