Denis Bushuev: "Bugun yigitlarimni umuman tanimadim. Birinchi soniyalardanoq futbolchilar ko'zida shijoat yo'q edi"

Administrator
13 may 2023, 22:45
Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Turon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Bushuev matbuot anjumanida qatnashdi.




O'yin haqida

- Birinchi navbatda, raqibni ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Haqli g'alaba. Stadion, maydon, muxlislar – hammasi ajoyib. Bugun jamoamni tanimadim. Afsuski, bugun biz raqibga qarshilik ko'rsata olmadik.

- O'yin shunday natija bilan tugashini kutganmidingiz? Birinchi taymda durang qayd etilgandi...

- Bugun yigitlarimni umuman tanimidim. Birinchi soniyalardanoq futbolchilar ko'zida shijoat yo'q edi, agressiya yetishmasdi. Hafta davomida ikki uch marta uzoq masofaga bordik, balki shu ta’sir qilgandir.

- "So'g'diyona" haqida nima deya olasiz?

- Ajoyib jamoa. Ular bugun g'alabaga haqli edilar.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia