Demiral "Yuventus"dan kyetishi mumkin

Alisher
7 iyun 2021
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral Yevropa chempionatidan so'ng klubini o'zgartirishi mumkin.

Transfermarkt 23 yoshli turkiyalik futbolchini 28 million evroga baholamoqda, "Yuventus" esa ehtimoliy xaridordan kamida 40 mln talab qilmoqda.

O'yinchining e'tibori hozirda Turkiya terma jamoasiga qaratilgan, shu sabab Merix iyulga yaqin bir qarorga keladi.

"Yuventus" bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan o'yinchi o'tgan mavsum Italiya chempionatida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato