

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Barselona" vingeri Usmon Dembeleni sotib olmoqchi bo'lganlar nisbatan kam miqdordagi summa – 50 million evroga intilishlari kerak. Bunday raqamlar fransiyalikning 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomasida ko'rsatilgan.
Biroq Usmon Dembelening o'zi "Barselona"da qolishni istamoqda. U Xavi bilan til topishib oldi va iqtidorini isbotladi. Yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshlanmadi, biroq nafaqat futbolchi, balki klub ham hamkorlik davom etishini xohlaydi.



