Dembele uchun kurashda “Manchester Yunayted”ga jiddiy raqobatchi paydo bo'ldi

5 noya 2019, 07:45
“Lion” hujumchisi yana bir APL grandining oromini o'g'irladi.

“Daily Mail” xabariga ko'ra, “Chelsi” klubi “Lion”dan 23 yoshli hujumchi Mussa Dembeleni sotib olishga harakat qiladi. Bu faqat “aristokratlar”ga qo'yilgan transferlar taqiqi olib tashlangandan so'ng ro'y berishi mumkin. Dembelega avvalroq “Manchester Yunayted”ning asosiy da'vogar sifatida ko'rilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Dembele joriy mavsum Liga 1 da 11 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail