

Jamoa o'yindan 2 soat oldin - mahalliy vaqt bo'yicha 19:00da yig'ildi. Biroq Dembele 19:25da kirib keldi.
Fransiyalikning kech qolishi tufayli jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde uni tarkibga qo'shmagan bo'lishi mumkin.
Dembele butun o'yinni zaxirada o'tkazdi va xatto mashg'ulotda ham ishtirok etmadi.
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike intervyularining birida, jamoaviy yig'ilishlar uchun WhatsApp guruh ochganini va bu kech qolishga o'rganib qolgan Dembele uchun foyda keltirganini aytgan edi.



