Dembele "Barselona"da qolish uchun shartini ma'lum qildi

Alisher
4 iyun 2022, 13:41
"Barselona" forvardi Usmon Dembele Kataloniya klubida qolish shartini ma'lum qildi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, francuz agar "ko'k-anorranglilar" rahbarlari rejalashtirayotgan maoshlar qisqarishi unga amal qilmasa, ispan klubida o'ynashda davom etadi.

25 yoshli forvard 2021/22 yilgi mavsum kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assist qayd etdi.

Dembelening klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchiga PSJ va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano