Dembele "Barselona" bilan yangi kelishuvga erishishga yaqin

Sherzod Nurmatov
3 avg 2021, 20:55
Fransiyalik hujumchi Usmon Dembele yaqin fursatlarda "Barselona" bilan yangi shartnoma tuzadi.

Manbaning xabar berishicha, futbolchi va Kataloniya klubi o'rtasidani yangi kelishuv 2023 yilning yozigacha mo'ljallanadi. Amaldagi shartnoma muddati bir yildan keyin tugaydi.

Hozirgi paytda fransiyalik Evro-2020'da orttirib olgan jarohatidan tiklanish bilan band. U noyabrda safga qaytishi kutilyapti.

24 yoshli Dembele o'tgan mavsumda "Barselona" uchun 44 o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport