Dembele "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor!

Mirjalol Normatov
16 mar 2021, 00:56
Forvard Usmon Dembele faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni istamoqda.

"Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi va futbolchi klubda qolishni istamoqda. O'tgan yozda 23 yoshli futbolchi bilan "Liverpul", "Yuventus" kabi klublar tinmay qiziqish bildirgan bo'lsa, "Manchester Yunayted" chinakam muzokaralar olib bordi va real maqsadlar bilan uni sotib olishga harakat qilib ko'rgandi.

Ushbu mavsumda Dembele barcha turnirlarda 32 o'yinda 8 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo