Dembele atrofidagilar "Oltin to'p" sabab futbolchining maoshi Neymar va Messinikidek bo'lishi kerak deb hisoblamoqda

Aslanov Jasurbek
15 okt 2025, 16:00
L’Équipe xabariga ko'ra, Usmon Dembelening yaqinlari uning Oltin to'p sovrinini shartnoma shartlarini yaxshilash uchun asos sifatida foydalanmoqchi.

Hozirda forvard PSJda eng yuqori maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi - soliqlardan oldin oyiga 1,5 million evro, yani yillik 18 million evro. Capology ma'lumotlariga ko'ra, soliq to'langanidan so'ng u yiliga taxminan 10 million evroni qo'liga oladi.

Dembelening atrofidagilar bu talabni uning sportdagi katta hissasi bilan izohlashmoqda - o'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 53 o'yinda 35 gol urgan va 16 assist qayd etgan. Shuningdek, so'nggi ikki mavsumda jamoada muhim rol o'ynagani ham takidlanmoqda.

PSJ rahbariyati Dembelening hozirgi maoshi uning yangi maqomiga to'liq mos emasligini tan olsa-da, byudjetni ortiqcha kengaytirish niyati yo'q. Klub fikricha, Dembelening Oltin to'pi - butun jamoaning say-harakatlari natijasi.

Shuning uchun Parij klubi uning maoshini Lionel Messi va Neymar PSJdagi yillarida olgan darajagacha (yani soliqlardan keyin yiliga taxminan 30 million evro) oshirish variantlarini rad etgan. Klub avvalgi xatolarni takrorlamaslik va moliyaviy feyr-pley talablarini inobatga olishni maqsad qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe