Delofeu “Barselona”ga qaytadi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2017, 01:21
Ijara huquqi asosida “Everton”ga tegishli bo'lgan “Barselona” tarbiyalanuvchisi Jerar Delofeu yana o'zining sevimli jamoasiga qaytadi.

Kataloniya klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi yana “Barselona”ga qaytadi. Yaqin kunlarda “ko'k-anorranglilar” rahbariyati “Everton” bilan futbolchining ortga qaytishi masalasidagi tashkiliy masalalarni hal etishadi.

Delofeuning “Barselona” bilan shartnomasi 2019 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ФК Барселона