Dele Alli o'zining apperkot zarbasi tufayli 3 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishi mumkin (video+foto)

Aslanov Jasurbek
26 apr 2016, 11:11
"Tottenxem" yarim himoyachisi, joriy mavsumda APLning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylangan Dele Alli "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda o'zini tutib tura olmadi.

Yarim himoyachi raqib futbolchisi Klaudio Yakobga apperkot zarba berdi.

"Shpor"lar hujumga o'tayotganda Yakob Allini turtib yubordi, bundan g'azablangan Dele hujum bartaraf etilgandan so'ng Klaudioning qorniga zarba berdi, ammo vaziyat mushtlashuvsiz yakunlandi.


Joriy mavsumda Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan Dele Alli ushbu harakati uchun 3 uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

TAS-IX emas


Videoni Telegramdagi rasmiy kanalimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia