Del Pero: "Agar Ronaldu "Real"da baxtli bo'lmasa, unga "Yuventus"da joy topiladi"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017
"Yuventus" sobiq hujumchisi Alessandro Del Peroning so'zlariga ko'ra, agar Krishtianu Ronaldu "Real" bilan xayrlashmoqchi bo'lsa, Turin klubi uni jamoaga taklif qilishdan xursad bo'ladi.

"Bir kun kelib yana Chempionlar ligasida g'olib bo'lishimizga umid qilyapman. Agar Krishtianu Ronaldu "Real"da baxtli bo'lmasa va kyetishni istasa, "Yuventus"da unga joy topiladi" - deydi Del Pero.

Krishtianu Ronaldu Ispaniya prokuraturasi bilan bog'liq muammo tufayli "Qirollik klubi"ni tark etmoqchi. U 2011-2014 yillarda 14,7 mln. evro soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca