Del Boske Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirish borasida yakuniy qaror chiqarishga shoshilmayapti
Aslanov Jasurbek
4 apr 2016, 17:43
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske yana bir marotaba Evro-2016dan so'ng o'z vazifasida qolishi yoki qolmasligi haqida fikr bildirdi.
Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati mutaxassisning o'z lavozimida qolishini istaydi.
"Qaror qabul qilishim uchun vaqt o'tsin. Shoshilish niyatim yo'q. Bizda ajoyib mutaxassislar bor" - deydi del Boske.