Deku: "Bu mavsum men uchun Braziliya chempionatidagi so'nngisi bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013, 12:08
Hozirgi kunda "Flumenense" tarkibida o'ynayotgan Portugaliya terma jamoasi sobiq a'zosi Deku o'z kelajagi haqida so'zladi.
Braziliya matbuoti uchun bergan intervyusida Deku ushbu mavsum uning Braziliyadagi ohirgi mavsumi bo'lishini aytib o'tdi. Shu bilan birgalikda u "Libertadores Kubogi" sohibi bo'lish istagi bor ekanini ham yashirmayapti.

"Futbolchilik faoliyati qisqa. Vaqti keladiki, siz o'sha kuch va o'sha shijoat bilan o'ynay olmay qolasiz. Men raqobatbardoshman va har doim g'olib bo'lishga intilaman. Hozirgi shartnomam shu yiling ohiriga qadar mo'jallangan. Men yangi mavsumga o'zimni har tomonlama tayyorlayapman. Bu men uchun Braziliya chempionatidagi ohirgi mavsum bo'ladi. Biroq men "Libertadores Kubogi"da ishtirok etish va g'olib bo'lish niyatim yo'q emas. Bu sovrinni hech qachon yutmaganman", - deydi Deku.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com