De Xea: "Real"? Meni "Manchester Yunayted"da hamma narsa qoniqtiryapti"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2014, 15:45
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Men "Real"ga o'tishni xohlaymanmi? Bu hech qanday asossiz mish-mish. "Manchester Yunayted"da meni hamma narsa qoniqtiradi. So'nggi maqtovlardan keyin etim jimirlab ketdi. Men qahramon bo'lishni istamayman, shunchaki o'z jamoamga yordam bermoqchiman. Biz cho'qqiga qaytishni rejalashtirganmiz. Yangi murabbbiy kelganida qiyinchiliklar bo'lishi bu odatiy hol. Hozir biz Chempionlar ligasiga qaytmoqchimiz" - deydi de Xea.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com