De Xea hech qaerga kyetmaydi. MYU u bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi

Alisher
10 sen 2019, 13:55
"Manchester Yunayted" jamoaning asosiy darvozaboni David De Xea bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

Yangi kelishuvga ko'ra "qizil iblislar" ispaniyalikka haftasiga 290 ming funt maosh to'lashadi.

Bu pul jamoada eng ko'p maosh oladigan Pol Pogbaning maoshi bilan tengdir.

De Xeaning "Manchester Yunayted" bilan tuzadigan yangi shartnomasining muddati haqida ma'lumot berilmayapti.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli ispaniyalik posbonning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian