

Uchrashuvni to'liq o'tkazgan David de Xea “qizil iblislar” libosida APLdagi 394-o'yinini o'tkazdi va bu borada klub gvardiyachilari ro'yxatida 4-o'rindagi Ueyn Runini (393) ortda qoldirdi. Ispaniyalik posbondan yuqorida esa 3 futbolchi bor: Rayan Giggz (632 bahs), Pol Skoulz (499) va Gari Nevill (400).
32 yoshli de Xea 2011 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.



