De Rossining yangi jamoasi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2019, 23:13
"Roma"ning sobiq futbolchisi Daniele De Rossi "Boka Xuniors"ga o'tadi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, futbolchi Argentina klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Yaqin vaqtlarda u Buenos-Ayresga yetib boradi va yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ayni damda u erkin agent maqomida va u "Boka"ga tekinga o'tadigan bo'ldi.

35 yoshli De Rossi "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U rimliklar tarkibida 2002-2019 yillar davomida 616 o'yinda qatnashib, 63 gol urib, 54 golga assistentlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio