De Rossi, Kellini, Bardzali terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 03:25
Bugungi mag'lubiyatga teng alamli durang natijadan so'ng Daniele De Rossi, Jorjo Kellini va Andrea Bardzali Italiya terma jamoasidagi faoliyatlarini yakunlashdi.
Eslatib o'tamiz, Bardzali va De Rossi 2006 yili terma jamoa safida jahon chempioni bo'lishgan. Kellini esa Evro-2012 vice-chempioni hamda 2013 yilgi Konfederatsiyalar Kubogining bronza medal sovrindori bo'lgan edi.