

Mazkur uchrashuvda himoyachi Matteys de Ligt maydonga tushirilmadi va u bu haqda fikr bildirdi.
“Men o'ynashni xohlagandim. Parmaga qarshi o'ynayman deb o'ylagandim. Biroq, barchasi murabbiylar shtabiga bog'liq. Moslashishda davom etmoqdaman. Bonuchchi va Kellini ko'pdan buyon jahonning eng yaxshi himoya juftligi hisoblanadi, ularga bo'lgan ishonch esa yuqori darajada. Asosiy tarkibga kirish uchun kurashishim kerak. Jismoniy tarafdan bu qiyin, lekin, tajribamni oshirib borayotganimni sezmoqdaman”, – deydi gollandiyalik futbolchi.



