De Ligt: "Kelajagimni Rayola hal qiladi"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019, 14:55
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligtning so'zlariga ko'ra, uning sportdagi kelajagi bilan agent Mino Rayola shug'ullanadi.

"Yuventus"ga o'tish? Hamma narsa bo'lishi mumkin, ammo boshqa klublar ham bor. Ayni damda "Ayaks" futbolchisiman. Kelajagimni Mino Rayola hal qiladi" - deydi de Ligt.

Oldinroq, gollandiyalik himoyachi xizmatlariga "Bavariya", "Barselona", "Yuventus" va PSJ qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

De Ligt 2016 yildan beri "Ayaks" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum u Amstyerdam jamoasi safida 25ta uchrashuv o'tkazib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport