De Ligt: “15 yoshimgacha maydonda pleymeyker vazifasini bajarganman”

25 fev 2020, 00:46
“Yuventus”ning niderlandiyalik himoyachisi Matteys de Ligtning aytishicha, bolaligida u hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonda harakat qilgan.

“15 yoshga to'lgunimga qadar  pleymeyker rolida maydonga tushganman. Yarim himoyachi sifatida ko'plab o'yinlarni o'tkazganman, gollar urganman, golli uzatmalarni amalga oshirganman. Keyin menga faoliyatim yanada yaxshilanishi uchun markaziy himoyachi sifatida harakat qilishim kerakligini aytishgan. 

Dastlab himoyada harakat qilish menga yoqmaydi, deb o'ylagaman. Ammo hozir o'sha paytda yarim himoyada o'ynaganim menga katta yordam bermoqda. Futbolchi sifatda o'sayotganimdan mamnunman”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти