De Laurentis: "Iguain Kalexon bilan o'ynashni istamagan, ammo bunga e'tibor bermagandim"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017, 19:12
"Napoli" sobiq hujumchisi, hozirda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Gonsalo Iguain Neapol jamoasida Xose Kalexon bilan o'ynashni istamagan.

Bu haqda "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis e'lon qildi.

"Napoli" uchun Iguainni sotib olish ahamiyatli xarid edi. "Real" "Napoli"dan farqli o'laroq, unga porlash imkoniyatini bermagan. Iguain Kalexon bilan o'ynashni istamagan, bu haqda uning akasi menga aytgan. Ular boshqa futbolchilarni sotib olish kerakligini ma'lum qilishgan, biroq bunga ahamiyat bermadim. Meni qo'rqitib bo'lmaydi" - deydi De Laurentis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Pais