De Bryuyne - YCHL finali haqida: "Mag'lub bo'lishni istamayman"

Mirjalol Normatov
29 may 2021, 00:50
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne YCHL doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Barchamiz kurasha olamiz va g'oliblikni istaymiz. Hamma futbolchilar o'yinning qanchalar muhimligini tushunib turishibdi.

Yutsang - qahramonsan, yutqazsang - omadsiz. Ushbu turnirning finaliga chiqish - shunchaki ajoyib. Biroq men mag'lub bo'lishni istamayman.

Finalga chiqish barchaning maqsadi bo'lgan. Yuqori darajada o'yin ko'rsatish - katta g'urur.

Biz qanday darajaga chiqqanimizni barcha tushunib turibdi. Buni tabassum-la qarshi olib, o'zining bor kuchini maydonga tashlashi kerak.

"Borussiya"ga qarshi o'yinlar, PSJ bilan bahsda biz o'tgan yilgi xatolarni takrorlamadik. Ko'rdingizmi, mayda detallar va kichik farqlardan ham katta xatoliklar bo'lishi mumkin", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal