Davron Mamatov: "Himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'yyapmiz"

6 apr 2018, 06:43
Kecha superliga 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Farg'onaning "Neftchi" jamoasi o'z uyida Olmaliqning AGMK klubini qabul qilib 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng "Neftchi" jamoasi futbolchisi Davron Mamatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"AGMK jamoasini ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Biz bor kuchimiz bilan g'alaba qozonishga harakat qildik, afsuski biroz omad yetishmadi. Har bir o'yinda hujumlarimizni yakunlaydigan futbolchi topilmayapti. Himoyada ham qo'pol xatolarga yo'l qo'yyapmiz. Qolgan uchrashuvlarda xato qilishga haqimiz yo'q. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Davron Mamatov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia