Davron Hoshimov erkin agentga aylandi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2022, 13:18
"Navbahor" o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimovning jamoa bilan shartnomasi yakunlandi.

29 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsum "Navbahor" tarkibida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli pas uzatdi hamda 7 ta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

3 karra O'zbekiston chempioni joriy mavsum "lochinlar" bilan chempionatda 2-o'rinni band etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia