Davron Fayziev: “Ikkita qo'pol xato mag'lubiyatga olib keldi”

26 iyun 2016, 22:10
Oliy liganing 14-tur o'yini "Nasaf" - "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.


- Ertangi bayram munosabati bilan barcha OAV xodimlarini tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, yigitlarda birinchi bo'limda ishonch yetishmadi.  Agar birinchi bo'limda dastlabki 30 daqiqada ehtiyotkor bo'lganimizda bugun ochko bilan qaytishimiz mumkin edi. Ikkita qo'pol xato golga olib keldi.  Ikkinchi bo'limda gol urdik. Vaqtimizni kutdik. “Nasaf” biroz bo'shashdi. Ammo qarshiliklar tajribasi o'z so'zini aytdi. Darvozabonimiz anchadan beri maydonga  tushmagandi. 8- turdan beri Muzaffar Abdullaev turib kelgandi. U gripp bo'lgani uchun Temur G'anievni qo'ydik. Unda o'yin amaliyoti kamligi sezildi. Jiyamurodov, Oripovda kichik jarohati bor edi. Xolmuhammedovni uchta sariq karchtochkasi bois keyingi o'yinga avayladim. Chunki keyingi turda o'z maydonimizda “Qizilqum” bilan kuch sinashamiz.


Aziz Nuriy

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia