Davron Choriev: "Xitoy Taypeidan oltin medal bilan qaytamiz degan umiddaman"

Narzulla Saydullayev
16 dek 2017, 17:52
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Davron Choriev Osiyo chempionatiga qur'a tashlangach o'z fikrlarini bildirdi.

"Guruhimizda kuchsiz jamoa yo'q. Osiyo chempionatidagi eng murakkab guruh desak ham bo'ladi. Yaponiya terma jamoasi doim Osiyoda kuchli to'rtlikka kirib keladi. Tojikiston ham so'nggi yillarda yaxshi natijalarga erishmoqda. Janubiy Koreya bilan ham oson o'yin bo'lmasligi aniq.

Bu terma jamoalar haqida to'liq ma'lumotlarni murabbiylar shtabidan bilib olamiz. Xitoy Taypeidan oltin medal bilan qaytamiz degan umiddaman", - deydi Davron Choriev.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya bilan o'ynaydi. Ma'lumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati–2018 musobaqasi 1–11 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia