Davron Choriev eng yaxshi o'yinchi

Tolibjon Qosimov
16 dek 2016, 15:10
Kecha futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 2-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

Odatga ko'ra, har bir turdan keyin eng yaxshilarni aniqlaymiz.

Birinchi bosqich ikkinchi turning eng yaxshi futzalchisi - Davron Choriev. "Ardus" hujumchisi ikkinchi turda hammadan ko'p 11ta gol urdi. Bugungi kunda aynan Choriev jamoa yetakchisiga aylangan. Uning chiroyli fintlari va deyarli yo'q joydan gol yasay olishi ko'p vaziyatlarda "Ardus"ga yordam bermoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia