Davide Anchelotti "Everton" taklifi haqida o'ylamoqda

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2023
"Real" yordamchi murabbiyi Davide Anchelotti Angliyaga yo'l olishi kutilmoqda.

"Everton" klubi yangi murabbiy qidirmoqda. Frenk Lempardni ishdan bo'shatgandan so'ng Premer-liga vakili jamoani oldinga chorlay oladigan va quyi ligaga tushib kyetishdan saqlab qolishga qodir kimnidir izlamoqda.

Marselino varianti allaqachon ko'rib chiqilgan. Mersisayd klubi Ispaniyadagi murabbiylarni kengroq o'rganmoqchi. Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li va uning "qirollik klubi"dagi yordamchisi Davide Anchelotti ham nishonga olinganlar qatorida. "Everton" ehtiyotkorlik bilan ish tutmoqda, chunki ular Davideni yaxshi bilishadi. Murabbiy "Everton"da Karlo Anchelotti davrida otasi bilan birga ishlagan.

Anchelottining "Everton"dagi faoliyati ikki yil avval "Real" mutaxassisni o'z o'rniga qaytarish uchun uni Madridga chaqirganida tugagan edi. 

APL vakilining taklifi garchi mavsum o'rtasida bo'lsa ham Davide uchun yaxshi tuyulmoqda. U bu haqda jiddiy o'ylab ko'radi. Gap faqat uning Ispaniyadan kyetib Angliyada o'z bosh murabbiylik faoliyatini boshlashidagina emas, balki u Premer-liganing o'z tarixi va obro'siga ega jamoalardan birini boshqarish imkoniga ega bo'ladi. So'nggi yillarda uning Madriddagi ahamiyati ortib bormoqda, ammo u otasi izidan borib, bosh murabbiy bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib olgan. Uning nomi "Everton" rahbariyati tomonidan muhokama qilinayotgan variantlar orasida, biroq u birinchi raqamli nomzod emas. 

Lempardning o'rnini bosuvchi nomzodning izlanishi Marselo Belsani jamoa boshqaruviga ko'ndirishga urinish bilan boshlangan edi. 

"Real"da ularning murabbiyi atrofida nimalar bo'layotganini yaxshi bilishadi. Madrid klubi Davide hech bo'lmasa mavsum oxirigacha "qirollik klubi"da qolishiga shubha qilgani yo'q.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca