David Vilya Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin
Aslanov Jasurbek
25 okt 2016, 20:25
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi David Vilyaning terma jamoaga qaytishi mumkinligini inkor qilmadi.
"Vilya nimalarga qodir ekanligini isbotlashda davom etmoqda. Ko'ramiz, balki u terma jamoaga qaytar. Terma jamoa eshigi barcha uchun ochiq. U eshikni yopib qo'ymaymiz", - deydi murabbiy.