David Silva “Man Siti”da “Real”dan kimni ko'rishni istayotganini oshkor qildi

Eldor Akmurzayev
26 fev 2020, 20:00
Ispaniyalik yarim himoyachi YCHL 1/8 finali doirasida bugun tungi, 01:00da boshlanadigan “Santyago Bernabeu”dagi bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Manchester Siti”da “Real”dan kimni ko'rishni xohlardim? Bilasizmi, bunga javob bermagan bo'lar edim, boisi, “Real”da ajoyib futbolchilar ko'p. Madridda Ispaniya terma jamoasida men birga harakat qiluvchi o'yinchilar bor. Biroq, agar tanlash imkoni bo'lsa, Serxio Ramosni aytaman, uni ko'pdan beri taniyman. U yaxshi inson, hazilkash, haqiqiy yetakchi, u “Manchester Siti”ga yordam bergan bo'lar edi”, deydi Silva.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal