David de Xeaning kelajagi ma'lum bo'ldi

Khoja
31 may 2025, 08:50
Davida de Xea faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Darvozabon “Fiorentina“ bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi. Endi ispaniyalik futbolchi Italiya jamoasida 2028 yilning yoziga qadar qoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, David de Xea 2024 yilning yozidan beri “Fiorentina“ safida harakat qilmoqda. U yakunlagan mavsumda 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 ta uchrashuvda “nol“ga turdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com