David de Xea qaysi chempionatga o'tayotgani ma'lum

Khoja
2 avg 2024
Bir yillik tanaffusdan so'ng David de Xea yana katta futbolga qaytmoqda.

U Saudiya Arabistoning bir qator jamoalari bilan muzokaralar olib bormoqda. Futbolchi bo'lajak jamoasida kamida 5 million evro ishlab olmoqchi. Bu summani esa arab shayxlari to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilishgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq ispaniyalik darvozabon moliyaviy sabablar tufayli Jenoa bilan kelishuvga erisha olmagandi.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli darvozabon 2023 yilda MYU bilan xayrlashganidan so'ng boshqa jamaoda ko'rinish bermagandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com