Dante Gvardiolani yaxshi inson deb hisoblamaydi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2016
"Bavariya" va "Volfsburg" sobiq himoyachisi, hozirda "Nicca" sharafini himoya qiluvchi Dante myunxenliklar sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning insoniylik sifatlari haqida fikr bildirdi.

"Taktika nuqtayi nazaridan jahon darajasidagi murabbiylar bor. Ammo ular inson sifatida yaxshi odam emaslar. Bu Gvardiolaga ham tegishli. U sen bilan suhbatlashmaydi va futbolchi sifatida qanday vaziyatda ekanligingni bilmaysan" - deydi Dante.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild