Danni Blind "Ayaks"ni tark etadi

Iskandarov Abdulaziz
6 sen 2025
"Ayaks"ning sobiq futbolchisi va direktorlar kengashi a'zosi sifatida futbol komissari lavozimida ishlab kelgan Denni Blind amstyerdamliklar safini tark etishga qaror qildi.

Uning o'rniga akcionerlar maqullagan yangi nomzod topilgunga qadar klub rahbariyatida qolishi ma'lum qilindi. Kuzatuv kengashi raisi Karolien Gerels Blindning mehnati uchun unga minnatdorlik bildirdi.

"Denni Blind "Ayaks" uchun juda ko'p manoga ega. U klub safida 493 ta o'yin o'tkazgan, 1995 yilda esa Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan "oltin jamoa"ning sardori bo'lgan. O'n yilliklar davomida u turli vazifalarda faoliyat yuritdi: futbolchi, yoshlar akademiyasi rahbari, murabbiy, texnik direktor va komissar. U sport sohasida ham, tashkiliy ishlar yuzasidan ham katta hissa qo'shdi. Biz unga "Ayaks"ga ko'p yillik, samarali va professional sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kuzatuv kengashi sifatida biz so'nggi oylardan tashqari faqat unumli va yo'qimli hamkorlikni eslaymiz", – deya Gerelsning so'zlarini klubning rasmiy sayti keltiradi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Аякс" матбуот хизмати