

Lidsliklar germaniyalik 46 yoshli mutaxassis bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolashdi. Farke jamoa APLdan Chempionshipga tushib ketganidan so'ng klubni tark etgan Sem Ellardays o'rnini egalladi.
Nemis murabbiyi 2 iyun kuni Borussiya Myonxengladbax bilan xayrlashgandi. Uning boshqaruvida klub Bundesligani 10-o'rinda yakunlagan edi.



