
Braziliyalik futbolchining mavsum yakunida Kataloniyani tark etishi tobora aniqlashib bormoqda. Alvesga Yevropaning bir qator jamoalaridan takliflar kelib tusha boshladi. Bugun paydo bo'lgan xabarlarga ko'ra, Alves ingliz grandlaridan biri safida paydo bo'lishi mumkin ekan. 30 yoshli himoyachiga bir yo'la to'rt ingliz klubi qiziqish bildirmoqda. Bular "Arsenal", "Chelsi", "MS" va "MYU" jamoalaridir. Manbada qayd etilishicha, Alvesning yozda tumanli albionda paydo bo'lish extimoli yuqori. Kuzatamiz, voqealar qanday rivoj topar ekan.