Dalotning MYUdagi kelajagi ayon bo'ldi

Mirjalol Normatov
13 dek 2022
"Manchester Yunayted" himoyachi Diogu Dalot bilan shartnomani uzaytiradi.

Mahalliy "Metro" nashri ma'lumotiga qaraganda, klub futbolchi bilan shartnomada belgilanganidek, 1 yillik uzaytirish imkoniyatidan foydalanadi.

Ushbu mavsumda 23 yoshli futbolchi APLning 13 o'yinida qatnashib, 1 golga assist bo'ldi. Oldinroq "Yunayted" Markus Reshford hamda Alexandro Garnacho bilan ham shartnomani uzaytirish ishlarini olib borayotgani borasida ma'lumotlar aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Metro