Dalot MYUga qaytadimi?

Alisher
29 mar 2021, 10:35
"Milan" himoyachisi Diogu Dalot mavsum so'nggida "Manchester Yunayted"ga qaytadi.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. "Rossonerilar" MYUga tegishli o'yinchini xarid qilishmaydi.

Dalot ayni damda "Milan"da ijara asosida o'ynamoqda. Manchesterliklar futbolchi uchun 20 mln evro so'rashmoqda. "Rossonerilar" ushbu mablag'ni ko'p deb hisoblab, o'yinchini xarid qilmaslikka qaror qilishdi. "Qizil-qoralar" yozgi transfer oynasi uchun 100 million evro sarflashadi, ammo portugaliyalik o'yinchi uchun MYU talab qilayotgan mablag'ni to'lashmaydi.

22 yoshli fulbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira