Dalich: "Xorvatiya hech kimdan qo'rqmaydi"

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021, 11:13
Xorvatiya termasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Evro-2020 doirasida Angliyaga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Bugun o'ynay oladigan futbolchilardan eng yaxshilarini tanlab olaman va tarkibni aniqlayman. Tarkibimiz juda kuchli, hech kimdan qo'rqmaymiz.

Ha, Angliya termasi juda tez va hujumda agressiv o'ynaydi. Biz esa himoyada tartibli o'ynashimiz, muhimi, to'p bilan ko'proq bo'lishimiz kerak. Agarda faqat himoyaga yotib olsak, barcha uchun "go'sht" bo'lishimiz aniq", - dedi Dalich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal