SSKA Braziliyadan hujumchi olib kelishi mumkin

15 iyul 2019, 08:40
Moskvaliklar “Fluminense”ga 22 yoshli hujumchi bo'yicha taklif bilan chiqdi.

Gap Pedro Abreu haqida ketmoqda. Moskva klubi futbolchi uchun 12 mln evro taklif qilgan. U joriy mavsum “Fluminense” tarkibida 5 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.

Abreu “Fluminense”ning birinchi jamoasida 2017 yildan beri to'p surib keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com